Madriddagi O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning BioGreen Road kompaniyasi vakillari bilan qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya suvni gelga makromolekulyar aylantirish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab dalada suv hisoblagich o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni qo‘llaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi. Aksincha holatlarda esa oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun imtiyozli kredit liniyasi tashkil qilinadi.
O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangicha moliyalashtirish tizimiga o‘tilib, klaster va fermerlarga bu uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bank va ta’minotchilar bilan shartnoma imzolash uchun ochiq elektron platforma ishga tushiriladi.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinda turganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi sug‘oriladigan maydonlarning 28 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilib bo‘lingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting